Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi, Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Guliston shahar prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida qabul qilingan PQ- 231- sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi, Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Guliston shahar prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

➡️Ushbu memorandum doirasida ta’lim, ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy va innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish, kasbiy rivojlanishning sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish va qo‘shma innovatsion loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xorijiy grand va loyihalarda ishtirok etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsad qilingan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan