Assalomu alaykum hurmatli! O‘z hayotini mashaqqatli ammo sharafli faoliyatga bag‘ishlagan barcha ustozlarni 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Biz Ustozlarni hamisha otadan ulug‘ ko‘rib, eʼzozlaydigan xalq farzandlarimiz. Har bir inson erishgan muvaffaqiyatlarida ustozlarining beqiyos mehnatlari borligini umrbod minnatdorlik bilan yodida tutadi. O‘qituvchi deganda ziyoli va fidoyi insonni, maktab deganda maʼrifat ziyosi taralib turgan tabarruk maskanni tushunamiz. Xalqimiz farzandlarini tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifalarni ado etishda aslo charchamang, oilangiz va shogirdlaringiz baxtiga hamisha sog‘ bo‘ling qadrli Ustozlar! Sizlarga cheksiz hurmat bilan Gulasal Abdukunduzovna.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan