
Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovna
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori

Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovna
- Mehnat faoliyati
- Vazifalar
Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovna
1975 yil 9-aprel kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati
1996-2009–yy.Guliston shahar Qori Niyoziy nomli 1-o‘rta maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
2009-2015-yy Guliston san’at kollejida oila psixologiyasi fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
2016-2017-yy. Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
2018-2021-yy. Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2021-2023 yy. Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2023-2024 yy.Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori v.v.b.
2024-y. Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori
Hududiy markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek hududiy markaz Nizomi talablariga rioya qilish;
Hududiy markaz nomidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, xorijiy va mahalliy tashkilotlarda Hududiy markaz manfaatlarini ifoda etish, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risida Vazirlikka hisobotlar taqdim etish;
qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida hududiy markazning moliyaviy mablag‘larini tasarruf etish;
Hududiy markazga ajratilgan byudjet mablag‘larining smetada belgilangan xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larni ishlatilishini ta’minlash;
g‘aznachilik bo‘linmalarida hududiy markazning hisob-raqamlarini va boshqa bank hisob-raqamlarini ochish;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish;
Hududiy markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
direktor o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, tarkibiy bo‘limlar va kafedralarga rahbarlik qilish borasida shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlarining hisobotlarini eshitish;
samarali mehnat qilgan xodimlarni rag‘batlantirish, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, o‘ziga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarni o‘rnatilgan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish;
Hududiy markaz Kengashi tavsiyalari asosida o‘quv rejalari, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlash va ma’ruzalar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy-amaliy ishlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Pedagogik markazning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tinglovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Hududiy markaz ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash hamda ushbu qoidalar xodimlar va tinglovchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
jamoada sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hududiy markazlar faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
Maktabgacha va maktab ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yilgan davlat ta’lim talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish;
Hududiy markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish;
Hududiy markaz, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududdagi oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda “Ustoz-shogird” tizimi orqali ustuvor bo‘lgan fan sohalari (matematika, kimyo, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, psixologiya, boshlang‘ich ta’lim) bo‘yicha pedagog xodimlar va oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘rish;
bo‘limlar, kafedralar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning vazifalari, mehnat qilish va boshqa huquqlari, funksional vazifalarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hududiy markaz direktoriga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Atabayev Hamid Zokirjonovich
Akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish.
O‘quv jarayonida davlat talablari, normativ hujjatlar va o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq joriy etilishini ta’minlash.
Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.
Ushbu lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Direktor ishda bo‘lmagan davrda (mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan) uning vakolatlarini vaqtinchalik bajaradi.
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi, fanlarni rivojlantirish bo‘limi, maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi, ta’lim xizmatlarini tashkil etish bo‘limi va kafedralar faoliyatlarini umumiy nazorat qilish.
O‘quv jarayonining sifatini oshirish va uning samaradorligini ta’minlash maqsadida ishchi o‘quv rejalari, dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qilish.
Hududiy markazda tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga ta’lim sifatini oshirish maqsadida yuqori malakali pedagog xodimlarni jalb qilish;
Fanlarni rivojlantirish bo‘limi faoliyatida, o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or taʼlim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ishlarini rivojlantirish hamda muvofiqlashtirish.
Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyatida hududiy maktabgacha ta’limning sifatini oshirish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Ta’lim xizmatlarini tashkil etish bo‘limi faoliyatida, hududiy markazda ta’lim xizmatlarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish uchun strategik reja-dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Kafedralarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot, o‘quv va ilmiy-metodik ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish.
Tegishli bo‘lim va kafedralar tomonidan seminar-treninglar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning o‘tkazilishini nazorat qilish.
Umumiy o‘rta ta’limdagi muammolarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan o‘quv-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshirilishini ta’minlash;
Tegishli bo‘lim va kafedralar faoliyatini muntazam ravishda monitoringini olib borish;
Hududiy markaz direktoriga monitoring natijalariga ko‘ra tegishli bo‘lim xodimlari va kafedra professor-o‘qituvchilarini yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;
Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari markazning akademik bo‘linmalarini boshqarish, ular faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hududiy markaz akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Qurbonov Ma'rufjon Abdujalilovich
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar
2016-2021 yy. – Sirdaryo viloyati Guliston shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika va axborot texnalogiyalari fani o‘qituvchisi
2021-2022 yy. – Sirdaryo viloyati Guliston shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2022-2024 yy. – Sirdaryo viloyati, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish.
O‘quv jarayonida davlat talablari, normativ hujjatlar va o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq joriy etilishini ta’minlash.
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Direktor ishda bo‘lmagan davrda (mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan) uning vakolatlarini vaqtinchalik bajaradi.
Hududiy markazning metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi, uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi va axborot resurs markazi faoliyatlarini umumiy nazorat qilish.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ishchi reja va dasturlarni ishlab chiqilishini nazorat qilish.
Hududiy markaz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish.
Hududiy markaz uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bo‘limning pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlantirish kurslarini rejalashtirish va amalga oshirish ishlarini nazorat qilish.
Hududiy markaz raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalar va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarni tashkil etilishini nazorat qilish.
Hududiy markaz axborot resurs markazi tomonidan kutubxona va elektron resurslar fondini boyitish hamda pedagoglarning ulardan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratilganligini nazorat qilish.
Kasbiy rivojlantirish bo‘yicha yangi usullar va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish.
Kasbiy rivojlantirish jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida pedagog xodimlar orasida muntazam ravishda tahlillar o‘tkazish va natijalar asosida takliflar ishlab chiqish.
Seminarlar, treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, ularda kafedra professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash.
Ishchi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kasbiy rivojlantirish jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, davlat talablari va normativ hujjatlarga mos kelishini ta’minlash.
Hududiy markazning umumiy rivojlanish strategiyasi doirasida kasbiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Hududiy markaz direktoriga tegishli bo‘lim xodimlarini yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;
Hududiy markaz pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.