Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim tizimini zamon talablari asosida rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda inson kapitalini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib qadrlash, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan tashabbuslar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida yuksak e’tirof etilmoqda.

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.