Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “G‘oyadan investitsiyagacha. Startaplar forumi” doirasidagi IDEATHON tanlovi bo‘lib o‘tdi.

✍️ Tadbir Sirdaryo viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamda IT Park Sirdaryo filiali hamkorligida tashkil etildi.

✍️ Unda Sirdaryo viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Anvarov Oybekjon To‘lqinjonovich ham ishtirok etib, yoshlarning zamonaviy texnologiyalar va startap loyihalariga bo‘lgan qiziqishini yuqori baholadi.

✍️ Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan turli innovatsion va istiqbolli loyihalar taqdim etildi. IDEATHON yoshlarning kreativ fikrlashi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari hamda startap ekotizimidagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

✍️ Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamda eng yaxshi loyihalarni taqdim etgan g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.