Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tashabbusi bilan «35 soniyada milliylikni namoyish et!» mavzusida viloyat onlayn videotanlovi tashkil etilmoqda. Tanlov sharti: Ishtirokchilar 35 soniyalik videorolik orqali quyidagi yoʻnalishlardan biri yoki bir nechtasini ijodiy va estetik tarzda namoyish etishlari lozim:
😊 Milliy liboslar;
😊 Milliy buyumlar va hunarmandchilik;
😊 Milliy taomlar;
😊 Milliy qadamjolar, tarixiy obidalar va ziyorat maskanlari. Videolarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari va boy madaniy merosi zamonaviy hamda kreativ yondashuv asosida yorqin aks ettirilishi tavsiya etiladi.
✈️ Videomahsulotlarni yuborish uchun: https://t.me/MILLIYLIKNI_NAMOYISH_ET
🗓 Qabul muddati: 2026-yil 10-avgust (shu kunni ham o‘z ichiga oladi)
🎉 G‘oliblar: 2026-yil 15-avgust kuni e’lon qilinadi.
Milliyligimizni 35 soniyada namoyish eting va tanlovda faol ishtirok eting!

