Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” kasbiy koʻrik-tanlovining respublika bosqichi davom etmoqda.

🔹 Jarayonlar poytaxtimizdagi 20-sonli, 146-sonli, 201-sonli hamda 423-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda oʻtkazilmoqda.

Bunda ishtirokchilar:

➖ pedagog mahoratni aniqlash;
➖ maktabgacha taʼlim va tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan loyiha taqdimoti;
➖ test sinovi boʻyicha belgilangan sinovlardan oʻtadi.

➖ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026» kasbiy koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi ertaga Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida boʻlib oʻtadi.

👉 Maʼlumot uchun: tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari bir martalik pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
 
➖ Shuningdek, oliy maʼlumotli gʻoliblarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.