Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Matematika kurs tinglovchilari hamda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari J.Rasulov,J.Rahmonqulov va matematika fani katta o‘qituvchisi S.Gafforova hamkorligida “Hayotiy matematika: konus hajmini hisoblash” mavzusida Guliston shahar 1-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

✍️ Dars davomida o‘quvchilar konus hajmini hisoblashning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishib, mavzuni hayotiy misollar orqali mustahkamlashdi. Interfaol metodlar asosida olib borilgan mashg‘ulotda o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi hamda masalalarga ijodiy yondashuvi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.