🤔 Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Jasorat maktablari” fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
➡️ Bugungi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar VR ko‘zoynaklar yordamida interaktiv dars jarayonida qatnashdilar. Ushbu innovatsion usul ta’lim jarayonini yanada qiziqarli, samarali va amaliy ko‘rinishda tashkil etishga xizmat qilmoqda.
➡️ Kurslar doirasida o‘qituvchilar yangi yondashuvlarni o‘rganib, ularni o‘z faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

