✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov Sirdaryoda bo‘lib, bir qator ta’lim muassasalari faoliyatini o’rgandi.
Uchrashuvlar avvalida Singapurning «Marshall Cavendish Education» tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan treningda darslarning mazmun mohiyati, o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazishda amaliy topshiriqlarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tashkil etilgan treningni keyingi bosqichini ham yuqori saviyada tashkil etish, hududlardagi hamkasblariga yangi bilim va ko‘nikmalarni yetkazish borasida fikrlar bildirdi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari Yangiyer Pedagogika kollejining yangi o‘quv yilida tayyorgarlik holati va Yangiyer shahar 1-sonli DMTT faoliyati bilan tanishdi.
Muloqot jarayonida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.




