✅Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi N.Qodirqulov hamda Pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi J.Samadov tomonidan Boyovut tumani 26-sonli umumta’lim maktabida “Fanlarni rivojlantirishda Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida xalqaro baholash dasturlari ularning ahamiyati, ushbu baholash dasturlarida yurtimiz o’quvchilari qayd etgan natijalar va istiqboldagi rejalar xususida pedagoglarga batafsil ma’lumotlar berildi.