Markaz kengashning kengaytirilgan yig‘ilishda kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari infografika asosida o‘zlarining yillik faoliyati natijalarini taqdim etdilar. Mazkur yig‘ilish nafaqat hisobotlar bilan chegaralanib qolmay, balki ijodiy muloqot va fikr almashish maydoniga aylandi. Kelajakda amalga oshiriladigan ishlarga ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi. Eng faol pedagoglar va xodimlar e’tirof etilib, munosib taqdirlandilar.
✅Tadbirga mehmonlar tashrif buyurib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi yutuqlar va istiqbolli rejalar bilan ta’lim sohasida o‘z yetakchilik mavqeini mustahkamlashga intilmoqda!
