Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi ushbu hamkorlik orqali ta’lim sohasida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish mahoratini oshirishni maqsad qilgan.
Pedagogika markazi xodimlari tomonidan Prezident maktabi o‘qituvchilarining dars jarayonlari kuzatildi. Bu tashrifdan asosiy maqsad – ilg‘or pedagogik yondashuvlarni o‘rganish, zamonaviy ta’lim metodikalarining qo‘llanilishi va darslarning innovatsion tashkil etilish jarayonini tahlil qilishdir.



