- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son qarorining 7-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 30-sentabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan muloqot shaklida videoselektor yig‘ilishining 41-sonli bayoni 11-bandida 2025 -yil 1 -yanvarga qadar hududiy markazlarga kamida bir nafardan nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan chet ellik mutaxassislarni jalb etish vazifasi belgilangan.
Joriy yilning 30-noyabr kuni tegishli qaror asosida Filippinlik tajribali mutaxassis, matematika fani o’qituvchisi Borromeo Jad Andrew markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda pedagogik mahorat markazi direktorining maslahatchisi lavozimida ish faoliyatini boshladi.