MAVZU; Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning o‘zaro integratsiyasi
✅Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Sirdaryoda taʼlim olib, bugungi kunda respublikamizning nufuzli tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu loyiha ustozlarga kasbiy rivojlanishlariga katta motivatsiya berib, ta’lim, ilm-fan va amaliyot o‘rtasida ko‘prik yaratishga xizmat qiladi. Sobiq o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari ustozlarning fidokorona mehnati evaziga ro‘yobga chiqqan bo‘lib, kelajakka dadil qadam tashlashlariga turtki bo‘lgan.
