A. Avloniy Nomidagi Pedagogik Mahorat Institutida Yangi Sharoitlar Bilan Tanishdilar!

Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari B. Ismatov, MMTB boshlig‘i N. Xolboyeva hamda Pedagogik mahorat markazi direktori G. Berdaliyevalar A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdilar. Ular institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish uchun mo‘ljallangan media studiyasi hamda o‘quv xonalaridagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, mehmonlar zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona, STEAM laboratoriya va situatsion xonalar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan