VAZIR O'RINBOSARI TASHRIFI
S irdaryo viloyati Pedagogik mahorat markaziga vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov tashrif buyurdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan treninglarda darslarning mazmun mohiyati, o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazishda amaliy topshiriqlarning o’rni haqida so‘z yuritdi.
✅Tashkil etilgan treningni keyingi bosqichini ham yuqori saviyada tashkil etish, hududlardagi hamkasblariga yangi bilim va ko‘nikmalarni yetkazish borasida fikrlar bildirdi.