Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari Jahongir Rasulov hamda Abdurauf Yo‘ldoshev“Sirdaryo yoshlari” radiokanali eshittirishida mehmon bo‘ldilar.
🔹 Suhbat davomida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi – 2026” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlari, tanlovning pedagoglar kasbiy mahoratini rivojlantirishdagi o‘rni, ta’lim sifatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi hamda tanlov jarayonlari haqida batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.

