Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida vazir jamg‘armasi uchun saralashning ikkinchi bosqichi boshlandi
🤔 Ushbu saralash pedagoglarning kasbiy salohiyatini e’tirof etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🤔 Suhbat jarayonlarini tashkil etishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga alohida e’tibor qaratilib, ishtirokchilar uchun zarur tashkiliy sharoitlar yaratilgan. Jarayonlar videoyozuvga olinib, amaldagi tartib asosida nazorat qilinmoqda.
📆 Saralash suhbatlari 2026-yil 2–6-iyun kunlari davom etadi.






