Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida markaz xodimlari o‘rtasida navbatdagi “Kitob o‘qish soati” tanlovi tashkil etildi.

🔶 Tadbir davomida ishtirokchilar mutolaa madaniyati, asarlar mazmuni hamda badiiy tafakkur yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

✍️ Tanlovning asosiy maqsadi kitobxonlikni targ‘ib qilish, pedagoglarning mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.