Bugun Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida san’at va ijod ahlining samimiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
✍️ Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Aniq, tabiiy fanlar, maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tajribali san’at ustozlari Mamatqulov Abdulhamid va Badilov Muhammadjon ishtirok etdilar.
✍️ Ustozlar o‘z ijodiy faoliyati, san’atga muhabbat va sahna ortidagi unutilmas xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Kuy-qo‘shiqlar va samimiy muloqotlarga boy uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.






