Tanlov jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi.

🔹 Tashrif davomida vazir o‘rinbosari tanlov ishtirokchilari bilan samimiy suhbatlashib, ishtirokchi pedagoglarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

🔹 Shuningdek, tashrif doirasida Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi hamda markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishdi.