🔘 Bugungi qahramonimiz Sardoba tumani 11-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdumalikov Sunnatjon. Yosh bo‘lishiga qaramay, Sunnatjon yozgi ta’tilni bekor o‘tkazmay, sartaroshlik kasbini puxta o‘rganmoqda.

Bugun u o‘z mehnati va iste’dodi bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatib, ta’til davomida halol mehnati evaziga daromad topmoqda.

📹 «Foydali ta’til» loyihasining yangi sonida ta’tilni imkoniyatga aylantirgan yosh hunarmandning mehnatga bo’lgan qiziqishi va kundalik faoliyatiga guvoh bo’ling.

Siz ham loyihamizda ishtirok etishni istaysizmi?