Ta’tilni farzandlaringiz uchun yanada mazmunli va qiziqarli o’tkazishni istaysizmi?
Ushbu videoda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodisti M. Akbarova tomonidan «Sovg’alar devori» nomli rag’batlantiruvchi o’yin usuli namoyish etiladi.
Mazkur o’yindan nafaqat pedagoglar, balki ota-onalar ham uy sharoitida foydalanishlari mumkin. O’yin orqali bolalarni yaxshi xulq-atvor, kitob o’qish, uy vazifalarini bajarish va foydali odatlarni shakllantirishga qiziqarli tarzda rag’batlantirish mumkin.

