Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Xoldorov Jasurbek va Yoqubov Doniyor ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan mashvarat bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida:
✍️ Sog‘lom ovqatlanish tamoyillari
✍️ Kunlik kaloriya (kcal) nazorati va uning ahamiyati
✍️ Vazn boshqaruvi va jismoniy faollik
✍️ Sun’iy intellekt yordamida tana holatini monitoring qilish imkoniyatlari
✍️ Zamonaviy texnologiyalarning sog‘lom hayot tarzidagi o‘rni

kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar aholining sog‘lom turmush madaniyatini oshirish va zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.