Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Buxoro Innovatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda «Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: Ta’lim sifatini oshirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

🤔  Konferensiyada respublikamizning turli hududlari hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

🤔 Tadbir davomida ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar va fikr-mulohazalar tinglandi.

🤔 Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash yo‘lida muhim maydon vazifasini o‘tadi.