Yuristkonsult

Aliboev Nodirbek Baxtiyor oʻgʻli
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markaz yuristkonsulti
2022-2024 yy. Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markaz yuristkonsulti
2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogika mahorat markaz yuristkonsulti
Hududiy markaz yuriskonsultining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hududiy markaz yuridik xizmat hodimi yuriskonsulti xizmat faoliyati davomida bevosita hududiy markaz rahbariga bo‘ysunadi.
Yuridik xizmat hodimi yuristkonsult faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorga, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qarorlari va markaz faoliyatiga oid huquqiy hujjatlarni o‘zlashtirgan holda yuqoridagi qonun hujjatlarga asosan tashkil etadi.
Quyidagilar yuridik xizmat xodimining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hududiy markazning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi
va qonuniylikni tashkil etish.
Hududiy markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish.
Hududiy markazning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish.
Hududiy markaz hodimlarinig huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va axamiyatini shu jumladan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish.
Hududiy markazning shartnomaviy huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish,markazning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni taminlash.
Hududiy markaz rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa xujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi.
Javobgarligi va o‘zaro o‘rin bosishi
Yuridik hizmat hodimi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Quyidagi hollarda hodim intizomiy jazoga tortiladi. Topshirilgan vazifalarni belgilangan vaqtda bajarmagan hollarda.
Yuridik xizmat xodimini lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalalari adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Yuridik hizmat hodimi o‘z majburiyatlarini va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Yuridik hizmat hodimi o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan hulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.