Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi

Rahmonov Erkin Vaxobovich

Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

2019–2020 yy – Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi metodisti.

2020-2022 yy. – Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

2023-2024 yy. – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo’limi boshligʻi

2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo’limi boshligʻi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buyruqlari, hududiy markaz kengashi qarorlari asosida bo‘lim faoliyatini boshqarish va nazorat qilish. Ushbu hujjatlar asosida bo‘limning umumiy yo‘nalishini belgilab,  tashkiliy ishlarni samarali tashkil etish.

Bo‘limning yillik ish rejasi, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish, ularni bo‘lim yig‘ilishlarida muhokama qilish va hududiy markaz rahbariyatiga tasdiqqa taqdim etish. Rejalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘rish.

Bo‘lim faoliyatini tahlil qilish, belgilangan maqsadlarga erishish darajasini baholash va natijalarga asoslanib, kelgusidagi rejalarni tuzish. Faoliyatning samaradorligini oshirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Bo‘lim xodimlarining ish yuklamasini ularning mutaxassisligi va tajribasiga mos ravishda taqsimlash, ularning belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish. Ish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hal qilishda xodimlarga ko‘maklashish va zarur resurslarni taqdim etish.

Hududiy markaz kengashi va direktor huzuridagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashish, bo‘lim faoliyati bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish. Hisobotlarda bo‘limning yutuqlari, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

Pedagoglarning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida faoliyatini nazorat qilish.

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasidagi ma’lumotlar xalq ta’limi tizimiga taalluqli  muhim manbalar ekanligini hisobga olib,  ushbu ma’lumotlar bazasini saqlash va xafvsizligini ta’minlash.

Platformada onlayn darslarda ishtirok etayotgan foydalanuvchilar tomonidan yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda amaliy yo’rdam ko’rsatish.

Malaka oshirish kurslari o’quv modullari kontentini shakllantirishga bo’lgan talablarni va o’quv modullarini markazlashtirilgan holda ishlab chiqish va elektron platformaga joylashtirilishini tashkil qilish.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tayanch kurslari o‘quv modullarining kontentlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish.

Kurs kontent materiallarini talablar asosida tayyorlanishini doimiy nazorat qilib borish.

Kontent materiallarini elektron platformaga joylashtirilishini tashkil qilish.

Bo‘lim faoliyatining natijadorligini baholash, tahliliy hisobotlarni tayyorlash va hududiy markaz rahbariyatiga taqdim qilish. Faoliyatning sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Bo‘limda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bo‘limda mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.

Xodimlar tomonidan mehnat intizomi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat intizomini buzganlarga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish va intizomiy jarayonlarni yuritish.

 

HUDUDIY MARKAZ UZLUKSIZ KASBIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO‘LIMI BOSH MUTAXASSISI LAVOZIM MAJBURIYATLARI:

 

Hududiy markaz va bo‘lim nizomlari asosida faoliyatni samarali amalga oshirish.

Pedagoglarning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida faoliyatini nazorat qilish.

Platformada onlayn darslarda ishtirok etayotgan foydalanuvchilar tomonidan yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda amaliy yo’rdam ko’rsatish.

Hududiy markaz ichki tartib qoidalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish. Ish jarayonida intizom va tartibni saqlash, xavfsizlik talablari bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashish va bilimlarni doimiy ravishda yangilab borish.

O‘z faoliyatida xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish, texnik nosozliklarni aniqlash va ular haqida mas’ul shaxslarga xabar berish.

Hududiy markaz tomonidan tashkil etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy tadbirlarda ishtirok etish, o‘z bilim va tajribalarini bo‘lim xodimlari bilan baham ko‘rish, yosh tadqiqotchilar va xodimlarga maslahatlar berish.

Berdiqulova Munira Muhiddin qizi

Uzluksiz kasbiy taʼlimni tashkil etish boʼlimi bosh mutaxassisi

2022-2024 yy. – Sirdaryo  viloyati  pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi uslubchisi.

2024 y.-. – Sirdaryo  viloyati  pedagogik mahorat markazi Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi.

– bosh mutaxassis  ish xaqqi va shunga o’xshagan hujjatlarining yuritilishi, sifatli saqlanishi hamda hujjatlarning nazoratini o‘z vaqtida ta’minlaydi.

– Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi boshlig’i (mehnat ta’tili, xizmat safari davrida va boshqa holatlarda) uning  vazifasini uning vazifasini bosh mutaxassis  bajaradi.

Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi