Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’limi

Xolmatov Shaxzod Ikromjon o'g'li

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi

2021 – 2022 yy. Guliston shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi  

2020 – 2022 yy. «ALP GROUP» MChJ xususiy tashkilotda «Web dizayner»

2022 -2023 yy. Sirdaryo yoshlar texnoparki Strategik rivojlanish va loyihalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

2023-2024 yy Sirdaryo viloyati PYMO‘MM AKT VA texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i

2024-y.- h.v. Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’lim bosh mutaxassisi

   O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan  vazifalar bajarilishini tashkil etish.

   Bo‘lim bosh mutaxassisi tegishliligi bo‘yicha pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib boradi.

   Bo‘limga oid nizom, tartib, tavsiya, ko‘rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish orqali amaliyotga joriy etish ishlarini amalga oshiradi;

    Bo‘limning yillik ish rejasini tuzadi, uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritadi va bajarilishini ta’minlaydi;

    Hududiy markaz veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va guruhlarini talab darajasida yuritilishini ta’minlaydi;

    Bo‘lim yetakchi mutaxassisini Nizomda belgilangan ishlar bilan ta’minlaydi va uning mehnat faoliyatini nazorat qiladi;

    Raqamli resurslar, dasturiy ta’minot va texnikaviy vositalarni taqdim etish va ularning samarali ishlashini ta’minlash.

    Bajarilgan ishlar yuzasidan markaz rahbariyatiga hisobotlar tayyorlaydi;

    Lokal va global tarmog‘ining avariyadan keyingi ishchi holatini tiklash sxemasini ishlab chiqadi;

    Nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, ularning vujudga kelishini oldini olish maqsadida serverlar hamda tarmoq tizimlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazib boradi;

    Nosoz uskunalarni tamirlash, texnik va ma’naviy jihatdan eskirgan server, kompyuter texnikalarini o‘rnatilgan tartibda markaz hisobidan chiqarish va yangilarini xarid qilish bo‘yicha takliflarni kiritadi;

    Yangi dasturiy taminot mahsulotlarini sinovdan otkazadi, tegishli xulosalar tayyorlaydi va amaliyotga joriy etadi;

    Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun treninglar va seminarlar tashkil etish.

Raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini monitoring qilish orqali tahlil qilish;

    Monitoring natijalarini hisobotlarda ko‘rsatish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish.

    Raqamli texnologiyalar bo‘yicha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish.

    Ta’lim dasturlarini raqamli texnologiyalar bilan boyitish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

    Pedagog xodimlarga raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish.

    Zarur raqamli resurslar va materiallarni tayyorlash va taqdim etish.

    Raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini monitoring qilish va tahlil qilish.

    Monitoring natijalari asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

    Raqamli texnologiyalar bo‘yicha seminarlar, treninglar tashkil etish.

    Ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash.

    Raqamli texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish.

    Yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik qilish.

    Hududiy markaz Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Xudayberdiyev Suhrob Bahodir oʼgʼli

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’limi yetakchi mutaxassisi

2018-2020-yy. Yangiobod tumani 4-maktabda ishchi xodim

2020-2021-yy. – Yangiobod tumani 4-maktab informatika fani o‘qituvchisi

2021-2024-yy. Yangiobod tumani 4-maktab O‘TIBDO‘ lavozimida

2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’lim bosh mutaxassisi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo’limi