Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Shirinov Otabek Tuvalovich
Kafedra mudiri
2014-2024 yy. Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
2024 .-. Sirdaryo viloyati pedagogika mahorat markazi Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish. Kafedraga o‘quv mashg‘ulotlarni olib borish uchun yuqori malakali olimlar, mutaxassislar va novator o‘qituvchilarni jalb qilish;
Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
O‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlarni belgilaydi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv-mavzu rejalari, dasturlari hamda ilmiy tadqiqot ishlari istiqbol va joriy rejalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va bajarilishini ta’minlash;
Kafedra pedagog xodimlariga shtatlarni va o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilish;
Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv ishchi dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
Kafedra yig‘ilishlarini reja asosida o‘z vaqtida o‘tkazib borilishini ta’minlaydi. Kafedra yo‘nalishidagi ilmiy ishlar muhokamasini o‘tkazib, tegishli taqrizlar berishini tashkil qilish;
Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, vebinar, seminar-treninglarni tashkil etadi hamda turli grant loyihalarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;
Kafedra a’zolarining ilmiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi davlat talablarini joriy qilish, tajriba-sinov ishlarini olib borish, yangi metodikalar, innovatsion tajribalarni tatbiq etish, o‘qituvchilarning mustaqil malaka oshirishlari bo‘yicha metodik tavsiyalar va o‘quv qo‘llanmalar yaratib, ish faoliyatini tashkil etish;
Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid yangiliklarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish;
Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan kafedra professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirish, stajirovkalarga yuborish, ijodiy ta’tilga chiqarish bo‘yicha hududiy markaz kengashiga takliflar kiritadi. Kafedra a’zolarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida malaka oshirish va ularning kafedra majlisida ilmiy-ijodiy hisobotlarini tashkil etish;
Tinglovchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;

Abduraimov Ikromjon Ravshanbekovich
Katta o'qituvchi
1996-yy. Guliston davlat universiteti (kunduzgi) mutaxassisligi Tarix, jamiyatshunoslik, davlat va huquq asoslari fani o`qituvchisi
2006 yy.Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi katta o’qituvchisi,
2011-2012 yy. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha” prorektor,
2024 y.-. Sirdaryo viloyati pedagogika mahorat markazi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi
Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha Mahorat markazining davlat ta’lim talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
Ta’lim ishtirokchilarining auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirib borish;
O‘z fani sohasi bo‘yicha ish olib borayotgan respublikamizdagi va xorijdagi ilmiy-tadqiqot Markazlari, laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
Hududdagi ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan maktablar bilan shartnoma asosida hamkorlik o‘rnatish;
Rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirish;
Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.