Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi

Yaxshiliqov Javoxir Sanoqul oʻgʻli
Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh hisobchi
2018-2019 yy.-Mirzaobod Yoshlar markazi rahbar-kordinatori.
2020-2021 yy.-Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazi Axborot –kommunikasiya texnologiyalari boʻyicha mutuxassis.
2021-2022 yy.-Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazida bosh hisobchi.
2022-2024 yy. Sirdaryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida bosh hisobchi
2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh hisobchi
Pedagogik mahorat markazi buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi; tovar moddiy boyliklarini olib kelish bo‘yicha ishonchnomalar beradi, hisob siyosatini tuzadi va uning bajarilishini tashkil etadi; moliyaviy hisobotlarni tuzadi va tahlil qiladi; pedagogik mahorat markaz mablag‘larining ishlatilishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi va bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga tahliliy hisobotlar berib boradi;
Pedagogika markazi xodimlariga ish haqi to‘lash, ish haqi fondining to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qiladi;
buxgalteriyaning ish faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobotlarni, shuningdek buxgalteriya ishlari hisobi va hisobotlar yuzasidan tegishli takliflarni Pedagogik mahorat markazi rahbariyatiga taqdim etib boradi;
Pedagogik mahorat markazining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, moddiy va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Pedagogik mahorat markazida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikga muvofiq hisob-kitob ishlarini yuritadi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi;
hisob-kitob ish rejalari, boshlang‘ich hisob-kitob hujjat shakllari, namunaviy shaklda belgilanmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladigan shakllar, ichki buxgalteriya hisobot hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish ishlariga rahbarlik qiladi;
moliya-ho‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi, buxgalteriya axborotlari va hujjatlar almashinuvi qayta ishlanishini ta’minlaydi;
buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnik qurilmalar va axborot texnologiyalaridan foydalanish, hisob-kitob va nazoratning rivojlangan usul va shakllarini joriy qilinishini ta’minlaydi;
Pedagogika markazining mol-mulki, xo‘jalik operatsiyalari va majburiyatlari, kelib tushuvchi asosiy manbalari, tovar-moddiy boyliklari va pul mablag‘lari, ularning harakati, biznes reja xarajatlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliyaviy va hisob-kitob operatsiyalari hisobini yuritadi;
bajarilgan ishlar, ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, soliqlar va yig‘imlarni budjet va budjetdan tashqari fondlarga to‘g‘ri hisoblash, o‘tkazish, bank muassasalaridagi to‘lovlar, shuningdek, xodimlarga moddiy yordam mablag‘lari ajratish yuzasidan qonuniy, to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;
buxgalteriya hujjatlari, hisob-kitob va to‘lov majburiyatlarini bajarish, ish haqi fondini taqsimlash, xodimlarning belgilangan Lavozim maoshlarini hisoblash, asosiy fondlar, tovar-moddiy boyliklari va pul mablag‘larini inventarizatsiyadan o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tekshirish, shuningdek, tarkibiy tuzilmalar faoliyatini taftish qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
buxgalteriyaga tegishli barcha hujjatlarni belgilangan tartibga rioya qilgan holda sifatli va muddatida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi;
rahbariyat tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
buxgalteriya xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi.
Bo‘lim boshlig’i o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Pedagogik mahorat markazi tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumot va hujjatlarni belgilangan tartibda oladi;
soha faoliyatini yaxshilash, xizmat vazifalarini bajarishda yuqori malakasi va bilimi bilan ajralib turadigan, shuningdek, rahbariyatning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlarini o‘z vaqtida ijro etgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi;
mehnat va ijro intizomini buzgan buxgalteriya xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritadi;
buxgalteriya faoliyatiga oid muhim masalalar bo‘yicha tezkor majlislar o‘tkazadi.

Xakimova Gulbaxor Vali qizi
Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi
2011-2012 yy – “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ Guliston shaxar ishlab chiqarish uchastkasi operatori.
2012-2012 yy – Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida kutubxonachi.
2012-2013 yy – Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
“Masofadan oʻqitish tizimini muvofiqlashtirish markazi”da EHM operatori
2013-2024 yy – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi hisobchisi
2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi
– bosh mutaxassis ish xaqqi va shunga o’xshagan hujjatlarining yuritilishi, sifatli saqlanishi hamda hujjatlarning nazoratini o‘z vaqtida ta’minlaydi.
– Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi boshlig’i (mehnat ta’tili, xizmat safari davrida va boshqa holatlarda) uning vazifasini uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.

Ergashev Shahobiddin Bahriddin oʻgʻli
Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2022-2024 yy – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi iqtisodchisi
2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassisi
– Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassisi pedagogika mahorat markaziga kelgan xat xujjatlarni o’z vaqtida ta’minlanishini bajarib boradi.
– yetakchi mutaxassis tushgan tushumlarni nazoratga olib hujjatlarining sifatli yuritilishi, o‘z vaqtida ta’minlaydi;
– yetakchi mutaxassis shartnomalarni kitobini hujjatlarining sifatli yuritilishi, va dalolatnomalarini nazoratga olishni o‘z vaqtida ta’minlaydi;
– Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassis bo‘limga bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi
Ushbu Lavozim yo‘riqnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.