✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasiga qarashli geografiya kursi tinglovchilari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvni kurs rahbari A.Yo‘ldoshev olib borib, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, ta’lim sohasida halollik va shaffoflik madaniyatini mustahkamlashning ahamiyati, pedagogning shaxsiy mas’uliyati va tamoyillarga sodiqlik kabi masalalar yuzasidan batafsil fikrlar bildirdi.

Tadbir davomida tinglovchilar bilan o‘zaro muloqot tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir pedagogning faol pozitsiyasi, xizmat vazifalariga vijdonan yondashish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha taklif va fikrlar muhokama qilindi.

MMTV tizimida korrupsiya holatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash, bunday vaziyatlarni aniqlash, aholi hamda barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida “Anonim soʻrovnoma” (savolnoma) ishlab chiqildi. Soʻrovnomaning barcha natijalari anonim hisoblanadi va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha yanada samarali chora-tadbirlar belgilash uchun asos boʻladi.

MASHVARAT

Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida MASHVARAT loyihasining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga «KORRUPSIYANING KISHILIK JAMIYATIGA ZARARLARI” mavzusida muhim maʼlumotlar berildi hamda unga qarshi kurashish boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.

Korrupsiyasiz kelajak

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha hamda o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari kursi tinglovchilariga “Korrupsiya: Muammolar va ularni hal qilish yo`llari” mavzusida o`quv mashg`uloti o`tkazildi.

Korrupsiya