Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis

Kushbekova Dilnoza Ashuraliyevna
Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis
2005-2009 yy.- 27-Mexribonlik uyida xodimlar bo‘limi boshlig‘i
2009-2014 yy.- Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
“Menejment va jismoniy madaniyat” kafedrasida laborant
2015-2022 yy.- Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektori kotibasi
2022-2024 yy. – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi
2024 y.-. – Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis
Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, hududiy markaz buyruqlari, Markaz kengashi qarorlari, hududiy markazning nizomi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ishlarni samarali tashkil etish;
Hududiy markaz rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash;
Hududiy markaz xodimlarini belgilangan muddatdan kechikmasdan Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borish;
Xodimlar bilan ishlaydi, mehnat shartnomasini tuzadi;
Xodimlarga funksional majburiyatlarni tushuntirish, hududiy markazning ichki mehnat tartib qoidalari bilan tanishtirish;
Hududiy markazning pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish bilan bog‘lik moddiy javobgarlik haqida tanishtirish;
Xodimlarni direktorning vizasi asosida boshqa doimiy ishga rasmiylashtirish;
Ishga qabul qilingan har bir xodimni mehnat daftarchalarini qayd qilib borish;
Belgilangan tartibda hududiy markaz professor-o‘qituvchilarining safarga yuborish va safar natijalarini nazorat qilish;
Hududiy markaz xodimlarining shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlarini o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlash;
Bosh mutaxassisga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tartibli yuritilishi va saqlanishini nazorat qilish;
O‘ziga tegishli bo‘lgan kompyuter jihozlarni yaxshi saqlanishi, maqsadli va nuqsonsiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Xodimlarni mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etishlarini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilaydi ishga kelib-ketishini nazorat qilib boradi va bu haqda kechiktirmasdan rahbariyatga yozma axborot berish;
Ichki mehnat tartibi qoidalarining, jamoa va mehnat shartnomalarning talablari va shartlari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilish, shuningdek xodimlar tomonidan mehnat intizomi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish.
Rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.