Ijro intizomi

Mavlyanov Dilshod Ummatovich

Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassis

1990 – 1991 yy. – O‘zbekiston Respubliksi radio va televideniya ishlab chiqarish birlashmasi (RPORT) munandis

1991 – 1992 yy. – Sobik ittifoq Davlat xavfsizlik qo‘mitasi elektromexanik

1992 – 2012 yy. – DXX (MXX) Sirdaryo viloyati boshqarmasi , tezkor xodimi

2012 – 2020 yy. – Nafaqaxo‘r.

2020-2024 yy. – Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i

2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Ijro intizomi bo’yicha bosh mutaxassis

Hududiy  markazga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, boshqa direktiv organlardan, vazirlik-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa turli tashkilotlardan kelib tushgan xat-hujjatlarni belgilangan tartibda kirim qilish va rahbariyatga kiritish;

mas’ul ijrochilar tomonidan vazirlikning tegishli hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni o‘z muddatida vazirlikka taqdim etilishini ta’minlash;

Hududiy markaz rahbariyati tomonidan imzolangan buyruq, bayonnoma, xat va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;

Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi bo‘yicha monitoring yuritish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish.

Bo‘lim asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:a) Hududiy markaziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, boshqa direktiv organlardan, vazirlik-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa turli tashkilotlardan kelib tushgan xat-hujjatlarni belgilangan tartibda kirim qilish va rahbariyatga kiritish sohasida:

Hududiy markazga rasmiy pochta aloqalari (pochta, Hududiy markazining global tarmoqdagi elektron pochtasi, E-xat elektron xat almashinuvi tizmi) orqali kelib tushgan hujjatlarni edo.ijro.uz yagona elektron hujjat almashish tizimiga ro‘yxatga olish;

ro‘yxatdan o‘tgan hujjatlarni Hududiy markazi rahbariyati hamda uning tarkibiy bo‘linmalariga yetkazish, ijrosi ta’minlangunga qadar nazorat yuritish;

ijrosi ta’minlangan hujjatlarni rahbarning ko‘rsatmasi bilan nazoratdan olish.

b) mas’ul ijrochilar tomonidan vazirlikning tegishli hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni o‘z muddatida vazirlikka taqdim etilishini ta’minlash sohasida:

amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot va ma’lumotlarni sifatli hamda o‘zbek adabiy tili qoidalariga muvofiq tayyorlanishini nazoratga olish;

amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yarim yillik va yillik hisobotlarni
o‘z muddatida rahbariyatga  taqdim etilishini ta’minlash.

d) Hududiy markaz rahbariyati tomonidan imzolangan buyruq, bayonnoma, xat va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish sohasida:

Hududiy markazirahbariyati tomonidan imzolangan buyruq, bayonnoma, xat va boshqa hujjatlarni institut nomenklaturasi asosida ro‘yxatga olish;

Hududiy markaz rahbariyati tomonidan imzolangan xat va boshqa hujjatlarni tegishli tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibda yetkazish;

Umumiy bo‘lim ish faoliyatida to‘plangan hujjatlar yig‘majildi (buyruqlar, kirish va chiqish xatlari, qayd qilish kitoblari) to‘laligi holda belgilangan muddatda idoraviy arxivga sifatli holda doimiy saqlash uchun topshirishni ta’minlash.

e) Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi bo‘yicha monitoring yuritish sohasida:

Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi bo‘yicha haftalik, oylik monitoring yuritish;

Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishini direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muhokamaga kiritish;

Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi yuzasidan hisobotini talab asosida boshqa bo‘linmalar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etish.

g) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish sohasida:

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan og‘zaki va yozma murojaatlarni qabul qilish;

murojaatlar yuzasidan muallifga o‘rnatilgan tartibda asoslangan ma’lumot taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan va nazoratga olingan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni har yarim yillikda rahbariyatga taqdim qilish.

Ijro intizomi