Fanlarni rivojlantirish bo‘limi

Мamatqulova Nigora Sherbekovna

Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

2004-2007 yil. – SVPQTMOI kafedra katta o‘qituvchisi.

2014-2015 yil. – Guliston shahar 6-umumiy o‘rta maktab o‘qituvchisi.

2016-2018 yy – Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
instituti.“Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim ” kafedrasi o‘qituvchisi

2018-2022 yy- Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

2022-2024 yy. – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Matbuot kotibi

2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan  vazifalar bajarilishini tashkil etish;

Bo‘lim boshlig‘i  tegishliligi bo‘yicha akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib boradi.

Bo‘lim faoliyatining yillik rejalarini ishlab chiqish, bu rejalarga ta’lim sifatini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash va fanlarni rivojlantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritilishi lozim;

Har oy va chorakda ish rejalari ijrosini monitoring qilish, natijalarni tahlil qilish va zarur hollarda tuzatishlar kiritish;

Rejalarning samaradorligini baholash va rahbariyatga muntazam ravishda hisobot berish;

Hisobotda bo‘lim faoliyatining yillik natijalarini, o‘tkazilgan tadbirlar, erishilgan yutuqlar, duch kelgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot keltirish;

Hisobot tayyorlash jarayonida bo‘limning barcha faoliyati va ish natijalarini batafsil tahlil qilish, muhim ko‘rsatkichlarni grafik va jadvallar yordamida aks ettirish;

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;

Innovatsion loyihalar va tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarini tahlil qilish;

Hududiy markaz professor-o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bu borada motivatsion tadbirlar tashkil qilish;

Bo‘lim doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish va olib borish, ilmiy maqolalar va metodik qo‘llanmalar tayyorlash;

Ilmiy tadqiqot natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, bu orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirishga erishish;

Tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan seminarlar, konferensiyalar va master-klasslar tashkil qilish;

Umumiy o‘rta talim maktabi o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘quv jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish;

O‘qituvchilar uchun doimiy ravishda seminar va treninglar tashkil qilish, ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish;

Innovatsion pedagogik texnologiyalar va usullar bo‘yicha treninglar o‘tkazish, bu orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;

O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

O‘quv jarayonining sifati va samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilish, natijalarni tahlil qilish va hisobot berish;

O‘qituvchilar ish faoliyatini baholash, ularning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Hududiy markaz Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin

Qodirqulov Nodirbek Hamroqul o‘g‘li

Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

2013-2017 yy. -Guliston Davlat Universiteti talabasi

2016-2021 yy – Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida amaliyotchi psixolog va o‘qituvchi.

2021-2023 yy- Guliston Davlat Universiteti Magistranti.(Pedagogika va Psixologiya)

2023-2024 yy. – Sirdaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i