O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “2025 – 2026-o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarining o‘quv reja va dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 2-sentabr 329-sonli buyrug‘i 4-bandi ijrosini ta’minlash hamda “2025 – 2026-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi 2025-yil 30-iyun 216-sonli buyrug‘i 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 2025-yil 17-19-sentabr kunlari master-trenerlar tomonidan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining trener (mentor)lari uchun, 17-20-sentabr kunlari umumta’lim maktablarining mentor-o‘qituvchilari uchun “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining o‘quv rejasi va dasturi asosida o‘quvlarni tashkil etildi.
Ushbu o’quvlarda mentor-o‘qituvchisi sifatida malaka oshirgan pedagoglar sertifikat bilan taqdirlandi.
