Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi

Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna

Kafedra mudiri

1968 yy. Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan.

1990 yy. Toshkent davlat pedagogika institutini boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

1997 yy. Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi

2024 y .-. Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Boshlang`ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri 

Kafedra mudiri kafedraning ishini tashkil qiladi va nazorat olib borish;

O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;

Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;

Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;

Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish. Kafedraga o‘quv mashg‘ulotlarni olib borish uchun yuqori malakali olimlar, mutaxassislar va novator o‘qituvchilarni jalb qilish;

Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

O‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlarni belgilaydi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv-mavzu rejalari, dasturlari hamda ilmiy tadqiqot ishlari istiqbol va joriy rejalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va bajarilishini ta’minlash;

Kafedra pedagog xodimlariga shtatlarni va o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilish;

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv ishchi dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

Kafedra yig‘ilishlarini reja asosida o‘z vaqtida o‘tkazib borilishini ta’minlaydi. Kafedra yo‘nalishidagi ilmiy ishlar muhokamasini o‘tkazib, tegishli taqrizlar berishini tashkil qilish;

Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, vebinar, seminar-treninglarni tashkil etadi hamda turli grant loyihalarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;

Kafedra a’zolarining ilmiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi davlat talablarini joriy qilish, tajriba-sinov ishlarini olib borish, yangi metodikalar, innovatsion tajribalarni tatbiq etish, o‘qituvchilarning mustaqil malaka oshirishlari bo‘yicha metodik tavsiyalar va o‘quv qo‘llanmalar yaratib, ish faoliyatini tashkil etish;

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid yangiliklarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish;

  Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan kafedra professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirish, stajirovkalarga yuborish, ijodiy ta’tilga chiqarish bo‘yicha hududiy  markaz kengashiga takliflar kiritadi. Kafedra a’zolarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida malaka oshirish va ularning kafedra majlisida ilmiy-ijodiy hisobotlarini tashkil etish;

Tinglovchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;

Kulaxmetova Mavluda Pulatovna

Katta o‘qituvchi

1969 yy. Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent viloyati, Turkiston tumanida tug‘ilgan.

1990 yy. Sirdaryo Davlat pedagogika institutini boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

2018 yy.Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi 

2024 y .-. Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedra katta o’qituvchisi

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha Mahorat markazining  davlat ta’lim talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

Ta’lim ishtirokchilarining auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirib borish;

O‘z fani sohasi bo‘yicha ish olib borayotgan respublikamizdagi va xorijdagi ilmiy-tadqiqot Markazlari, laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;

Hududdagi ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan maktablar bilan shartnoma asosida hamkorlik o‘rnatish;

Rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirish;

Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

BOSHLANG`ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI