ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIM
Muallif: A.Uralov Kategoriya: Metodik-tavsiyalar Chop etilgan: 07.01.2026 Davlat: O'zbekiston Tillar: Uz More DetailsUshbu metodik ko‘rsatmada ona tili darslarida loyiha ishlarini bajarish orqali o‘quvchilardagi kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, so‘nggi yillarda chop etilgan darsliklarning o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. O‘quvchining to‘laqonli kamol topishi uchun, kelajakning ishonchli, mustahkam poydevori qilib shakllantirish, faoliyatimizning bosh asosi bo‘lgan bir soatlik darsga bogliq va shu dars davomida mavzuga oid berilgan materiallar, topshiriqlar, loyiha ishlari orqali o‘quvchida zukkolik, tirishqoqlik, chaqqon va aniq harakat qilish, bilimlarni puxta egallash ko‘nikmalarini hosil qila olish juda muhim. Bu ko‘nikmalarni shakllantirish esa fan o‘qituvchisining
mahoratida ko‘rinadi.
