ARM

Bazarov Shavkat Abdurasulovich
ARM bosh mutaxassisi
1992-2000 yy – Viloyat bolalar kutubxonasi metodisti
2001-2015 yy- Sayxunobod tuman “Abdulhakim ota” fermer hoʻjaligi ish yurituvchisi
2016-2020 yy- Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Axborotresurs markazi mutaxassisi
2023-2024 yy. Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Axborot resurs markazi bosh mutaxassisi
2024 y.-. – Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi ARM bosh mutaxassisi
Axborot-resurs markazi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyruqlari, hududiy markaz kengash qarorlari, nizomi, buyruqlari hamda Axborot-resurs markazi nizomi asosida ish faoliyatini samarali tashkil etish;
Axborot-resurs markaziga yuklatilgan vazifa va kasbiy majburiyatlarni bajaradi, uning ish faoliyatini samarali tashkil etadi hamda ijro intizomiga rioya qiladi;
Axborot-resurs markazining yillik va istiqbol ish rejalarini shakllantiradi, ularni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
Axborot-resurs markazi fondining saqlanishini nazorat qilish;
Fondning zahirasini tiklashni taʼminlash boʻyicha pedagogika yo‘nalishidagi adabiyotlar bilan kutubxona fondini boyitish;
Axborot-resurs markazida kafedra va bo‘limlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o‘quv seminar-treninglar, konferentsiyalar hamda ijodiy tadbirlar tashkil etadi;
Axborot-resurs markazining aхborot izlash tizimlarini yaratish ishlaridagi innovatsion jarayonlarni bibliografik, aхborot, metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilishini amalga oshiradi;
Axborot-resurs markazi mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni ta’minlaydi;
Axborot-resurs markazining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi va ularning saqlanishini hamda samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
Pedagogik mahorat markazi xodimlar va tinglovchilarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik materiallar, videomateriallar, audiovizual va obunaga bo‘lgan eхtiyojni aniqlaydi, istiqbol rejalar tuzadi, nashr qilish va pedagog хodimlarni хabardor qilish ishlarini tashkil etadi;
Axborot-resurs markazining foydalanuvchilariga kutubхona resurslari хizmatini ko‘rsatadi hamda uning bosma va elektron fondini shakllantiradi;
Axborot-resurs markazida elektron kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Axborot-resurs markazida hisob-moliya hujjatlari (inventar daftari, ish kundaligi, yo‘qotilgan kitoblar o‘rniga qabul qilingan kitoblarni hisobga olish daftari, kelib tushgan va hisobdan chiqarilgan hujjatlar yuzasidan dalolatnoma, fondni inventarlashtirish va tekshirish ishlarining o‘tkazilganligi haqidagi dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, davriy nashrlarning qaydlov kartotekasi)ni yuritadi;
sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, teхnika va yong‘in хavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.
Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.