Aniq va tabiiy fanlar metodikasi

Nizamov Akmal Shoxobiddinovich

Kafedra mudiri

2019-2021-yy. – Guliston shahar 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika va informatika fani o‘qituvchisi

2021-2022-yy. – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi informatika fani  o‘qituvchisi

2022-2023-yy. – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi AKT va Texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i, informatika fani o‘qituvchisi

2023-2024 yy.   – Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Aniq va  tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri

2024 y.-.- Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Aniq va  tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri

Kafedra mudiri kafedraning ishini tashkil qiladi va nazorat olib borish;

O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;

Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;

Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;

Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish. Kafedraga o‘quv mashg‘ulotlarni olib borish uchun yuqori malakali olimlar, mutaxassislar va novator o‘qituvchilarni jalb qilish;

Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

O‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha asosiy strategik yo‘nalishlarni belgilaydi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv-mavzu rejalari, dasturlari hamda ilmiy tadqiqot ishlari istiqbol va joriy rejalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va bajarilishini ta’minlash;

Kafedra pedagog xodimlariga shtatlarni va o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilish;

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv ishchi dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

Kafedra yig‘ilishlarini reja asosida o‘z vaqtida o‘tkazib borilishini ta’minlaydi. Kafedra yo‘nalishidagi ilmiy ishlar muhokamasini o‘tkazib, tegishli taqrizlar berishini tashkil qilish;

Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, vebinar, seminar-treninglarni tashkil etadi hamda turli grant loyihalarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;

Kafedra a’zolarining ilmiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi davlat talablarini joriy qilish, tajriba-sinov ishlarini olib borish, yangi metodikalar, innovatsion tajribalarni tatbiq etish, o‘qituvchilarning mustaqil malaka oshirishlari bo‘yicha metodik tavsiyalar va o‘quv qo‘llanmalar yaratib, ish faoliyatini tashkil etish;

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid yangiliklarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish;

  Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan kafedra professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirish, stajirovkalarga yuborish, ijodiy ta’tilga chiqarish bo‘yicha hududiy  markaz kengashiga takliflar kiritadi. Kafedra a’zolarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida malaka oshirish va ularning kafedra majlisida ilmiy-ijodiy hisobotlarini tashkil etish;

Tinglovchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;

Eshquvatov Kozim

Katta o‘qituvchi (Dotsent)

1991 yy. fizika-matematika fanlari bo`yicha ilmiy ishini himoya qilgan. O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi a’lochisi.

2005-2011 yy. Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Insituti rektori,

2011-2022 yilgacha “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti

2024 y.-.- Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» katta o’qituvchisi

Tinglovchilar bilan auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ishtirok etish;

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

Darslik, o‘quv- uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, rahbarning topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv- uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Ustoz-shogird an’anasini yo‘lga qo‘yish;

Kafedra faoliyatiga aloqador bo‘lgan vazifa va yuklamalarni bajarilishida ishtirok etish;

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda yordam berish hamda axborot bazasini yaratish;

Pedagog xodimlarning kasbiy bilimi va ko‘nikmalarini yangilab borishida ishtirok etish;

Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy qilish;

Ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng yo‘lga qo‘yish, xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

Ta’lim ishtirokchilarini o‘qitish va ularda tanqidiy fikrlash, axborotni izlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va shaxsiy axborot maydonini yaratish.

Zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish;

 Xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish va ularni joriy etish;

Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

 

Gafforova Sarvinoz Asrorovna

O‘qituvchi

2018-yildan 2021-yilgacha Guliston shahar 8- umumta`lim maktabida o`qituvchi

2021-yildan 2022-yilgacha Guliston Davlat Unverstitetida magistratura bosqichi talabasi

2024 y.-.- Sirdaryo viloyati Pedagogik mahurat markazida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasida Matematika fani o`qituvchisi          

Ta’lim ishtirokchilarini ta’lim jarayonidagi ishtiroklarini ta’minlashga ko‘maklashish;

Ta’lim ishtirokchilarining auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 

Ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan kafedra xodimlariga assistentlik qilish;

Kafedra faoliyatiga aloqador bo‘lgan vazifa va yuklamalarni bajarilishida ishtirok etish;

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib guruhda va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;

Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Aniq va tabiiy fanlar