Akademik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

Jumaboyev Doston Diyor o'g'li

Akademik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

2021-2022 yy – A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash
ilmiy-tadqiqot instituti Hududlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi.

2022-2024 yy – A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy -tadqiqot instituti, Hududlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi.

2024 yil – A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti, Hududlarda uzluksiz kasbiy
rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

2024 y.-.  Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi, Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i.

Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, hududiy markaz buyruqlari, nizomi, markaz kengashi qarorlari, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ishlarni samarali tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatasi qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va hududiy markazning qayta tayyorlash va malaka oshirishga oid buyruqlari, bo‘lim bosh va yetakchi mutaxassislari tomonidan bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;

Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.

Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish direktor buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

bo‘lim xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish;

Hududiy markaz qayta tayyorlov va malaka oshirish jarayonida ilg‘or xorijiy va milliy innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va ularning samaradorligini ta’minlash.

Hududiy markaz hamda hududdagi umumiy o‘rta ta’limdagi мавжуд muammolarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan o‘quv-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshirilishini ta’minlash;

Hududiy markazning viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.

Akademik faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashish, seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish.

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va toʻgʻri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;

malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;

tinglovchilarga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;

Markaz professor-oʻqituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik oʻquv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan rahbariyatga tegishli ma’lumot tayyorlash;

kafedralar tomonidan markazda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ishchi oʻquv-mavzu rejalari va oʻquv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda direktor oʻrinbosari bilan kelishgan holda ularni markaz direktori tasdigʻiga kiritish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun sharoit yaratish hamda yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish;

doimiy ravishda pedagog xodimlarning malaka oshirish davriyligi boʻyicha malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish hamda ma’lumot tayyorlash;

Bo‘lim rejasi asosida muntazam ravishda qayta tayyorlash, malaka oshirish ta’limi jarayoni sifatli tashkil etish va monitoringini olib borish;

Monitoring natijalari asosida batafsil hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.

Hududiy markaz direktoriga monitoring natijalariga ko‘ra tegishli bo‘lim xodimlari yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;

Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i markazning o‘quv jarayonini boshqarish, ular faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.

Hududiy markaz akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘iga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Qurbontoyev O’tkir

Akademik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lim boshlig‘i rahbarligida faoliyat olib boradi.

Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish markaz direktori buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bo‘lim boshlig‘i ishda bo‘lmagan davrda (mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan) uning vakolatlarini vaqtinchalik bajaradi.

Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi boʻlimining yillik ish rejasini tuzishda faol ishtirok etish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borilishini ta’minlash;

bo‘lim ish rejalarida belgilangan masalalar bo‘yicha xat va tavsiyalarni tayyorlash, ularni joylarga yetkazish, bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qilish va bo‘lim boshlig‘iga ma’lumot tayyorlash;

rejalashtirilgan masalalarni bajarilganligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilish va uni umumlashtirish;

bo‘lim vazifasidan kelib chiqqan holda hududiy maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish organlari tarkibidagi turdosh bo‘limlar bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

Hududiy markaz akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisiga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin

Xudoyberdiyev Norbek Erkin o‘g‘li

Akademik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi