Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida seminar-trening boshlandi.
✍️ Mazkur seminar-trening joriy yilning 20-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi texnik koʻmagida, Islom taraqqiyot banki (ISDB), Arab muvofiqlashtirish guruhi (ACG) va Taʼlim boʻyicha global hamkorlik (GPE)ning “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” Smart-Ed hamkorlikdagi loyihasi doirasida mazkur qisqa muddatli oʻquv kursining ikkinchi bosqichiga rasmiy start berildi. Ushbu bosqich 2026-yil 12-14-aprel kunlari Sirdaryo viloyatida davom etiladi.
✍️ Tadbir davomida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini amaliyotga samarali joriy etishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining 1-kuni boshlandi.
✍️ Seminar-trening jarayonlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda sifatli ta’limni tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.








