Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan “Kattalarni o‘qitish: muammo, tajriba va yechimlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
✍️ Seminar davomida kattalar ta’limining bugungi kundagi dolzarb masalalari, o‘qitish jarayonida uchrayotgan muammolar hamda samarali pedagogik yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ilg‘or tajribalar asosida amaliy tavsiyalar berilib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etildi.





