Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashining 2026-yilga moʻljallangan harakatlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida markaz xodimlari uchun “Korrupsiyaning oldini olishda taʼlimning roli” mavzusida seminar oʻtkazildi.

✍️ Seminar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olishda taʼlim tizimining oʻrni, shuningdek, pedagoglarning bu boradagi masʼuliyati haqida atroflicha fikr almashildi.

✍️ Tadbir ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish, yosh avlodni halollik ruhida tarbiyalash va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash boʻyicha zarur tavsiyalar bilan tanishdilar.