Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish hamda ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i G‘aniyev Husanboy Zaylobidinovich tomonidan markaz jamoasi uchun “Ta’limga Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya tajribasi asosida yondashuv, HR boshqaruv” mavzusiga bag‘ishlangan master-klass tashkil etildi.
🔹 Tadbir davomida ma’ruzachi tomonidan rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy yondashuvlar hamda pedagog kadrlar bilan ishlashda samarali HR boshqaruv mexanizmlari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, chet el ta’limi tajribalari bilan o‘rtoqlashilib, ularni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔹 Master-klass ko‘tarinki ruhda, qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarning faol ishtiroki bilan ajralib turdi.





