2026-yil 25-aprel kuni Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari tashabbusi bilan Sayxunobod tumanidagi 12-son maktabda dolzarb mavzudagi seminar o‘tkazildi.
🔹 Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda o‘quvchi qizlar va ularning onalari faol qatnashib, ochiq muloqot olib bordilar.
Seminar davomida:
⚫️Erta nikoh va tug‘ruq oqibatlari
⚫️Xotin-qizlar uchun ta’lim imkoniyatlari
⚫️Kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi
🔹 Ishtirokchilar o‘z savollariga mutaxassislardan aniq va hayotiy javoblar oldilar.






