Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida ilmiy muhitni kuchaytirishga qaratilgan yana bir muhim bosqich amalga oshirildi. Markaz huzurida faoliyat yuritayotgan “Ko‘mak” guruhi hamda “Yosh olimlar kengashi”ning 1-yalpi yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilish ishchan va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Unda ishtirokchilar ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlari, tadqiqot ishlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda ilmiy izlanish jarayonida uchraydigan dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va tajribalarini bildirdilar.

✍️ Ayniqsa, yosh pedagoglar uchun muhim bo‘lgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ilmiy izlanishlarni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surildi. Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kelgusidagi ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan aniq yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.