Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxona rahbar va xodimlari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, uning asarlaridan iborat kitoblar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

✍️ Tadbir mazmunli, sermahsul va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Ayniqsa, Muhammad Yusuf ijodiga bo‘lgan hurmat va e’tibor yanada mustahkamlandi.