2026-yil 24-aprel kuni Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida markaz xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 5-martdagi 89-sonli buyrug‘ining 3-ilovasiga muvofiq “Kitob o‘qish soati” tanlovi o‘tkaziladi.

🫥 Tanlovdan ko‘zlangan maqsad:
— kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
— pedagoglarning mutolaa ko‘nikmalarini oshirish;
— kitobga bo‘lgan qiziqishni keng targ‘ib etish.

🫥 Barcha ishtirokchilarni mazkur tanlovda faol qatnashishga taklif etamiz.