Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Fransiya tajribasi: yutuqlar va tahlil” mavzusida mashvarat tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✍️ Mazkur tadbirda Fransiyada malaka oshirib qaytgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, markaz xodimlariga ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlar, zamonaviy metodlar hamda amaliy tajribalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
✍️ Shuningdek, uchrashuv davomida xorijiy tajribani milliy ta’lim tizimiga moslashtirish, innovatsion metodlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.









